Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Yangiliklar » Xorazmda “Madaniyat ta’limi oyligi”

Xorazmda “Madaniyat ta’limi oyligi”

17-01-2026, 21:04
48
Bir guruh faol rahbarlar taqdirlandilar!

🎶 Xabaringiz bor 2025-yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar Xorazmda “Madaniyat ta’limi oyligi” o‘tkazildi.

😄Mazkur ta'lim oyligi doirasida faol ishtirok etgani, ta’lim sifati va madaniy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun boshqarma tasarrufidagi ta'lim muassasalar rahbarlari munosib taqdirlandilar.

😄Xususan, Urganch ixtisoslashtirilgan san'at maktabi, Urganch shahar Anna German nomidagi 1-son, Bog‘ot tumani 4-14-son, Urganch tumani 11-18-son bolalar bolalar musiqa va san'at maktablari direktorlariga boshqarma tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

😄Ushbu taqdirlash marosimi madaniyat ta’limi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan rahbar va pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatiga munosib baho berish hamda kelgusida yanada samarali ishlashga ruhlantirishga xizmat qildi.

✅Telegram (https://t.me/xorazm_madaniyat) | 🌐Instagram (https://www.instagram.com/xorazmmadaniyat2025/) | 📹Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCjQ9yIMlwJxUKPW20jytHlQ) | ✅Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61572779193427)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.