DIQQAT! IJODIY TANLOV!
🎶 Xorazm viloyati hokimligi hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan dovudiy ovoz sohibi, “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” Rahmatjon Qurbonov xotirasiga bag‘ishlab ilk marotaba “Boqiy ovoz merosi” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.😐 Tanlovning asosiy maqsadi:
Rahmatjon Qurbonovning boy musiqiy merosini keng targ‘ib etish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, mumtoz san’atni rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazishdir.
📅 Tanlov sanalari:
🗓 2025-yil 16–17 dekabr
📍 Urganch shahri, Anna German nomidagi 1-son BMSM
✅Ishtirokchilar yosh toifalari:
10 yoshdan 17 yoshgacha
17 yoshdan 30 yoshgacha
🎶Tanlov shartlari:
Ishtirokchilar Rahmatjon Qurbonov ijro etgan mumtoz ashulalar yoki uning ijro uslubida yaratilgan asarlarni ijro etishlari shart. Asarlar albatta san’atkor ijodidan bo‘lishi kerak.
🏆Nominatsiyalar:
Mumtoz ashula ijrochiligi
Milliy qo‘shiq ijrochiligi
Rahmatjon Qurbonov ijro uslubidagi yangi ijod namunalari
Rahmatjon Qurbonov ijro maktabi davomchilari
Ishtirokchilar yakka tartibda yoki jamoaviy holda qatnashishlari mumkin.
🎁G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish:
Tanlovda qatnashishni istaganlar 15-dekabr sanasiga qadar hujjatlarini topshirishlari zarur.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
90-737-41-55
✅Telegram (https://t.me/xorazm_madaniyat) | 🌐Instagram (https://www.instagram.com/xorazmmadaniyat2025/) | 📹Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCjQ9yIMlwJxUKPW20jytHlQ) | ✅Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61572779193427)
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
«Me'mor//2023» arxitektura ko‘rik-tanloviga loyiha taqdim etishning 5 sababi31-07-2023, 11:49
Prezident Vengriya, Ozarboyjon va Yaponiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi31-07-2023, 17:35
"Madaniyat ta’limi oyligi"28-11-2025, 17:13
Konsertmeyster9-04-2025, 10:27
2025-yil 27-sentabr kuni Urganch tuman 18-son bolalar musiqa va san'at maktabida 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston tayanchi, siz aziz ustozlar!" deb nomlangan konsert dasturi o‘tkazildi.27-10-2025, 10:45











